Janubiy Koreyada boʻlib turgan Oʻzbekiston fuqarolari Oʻzbekiston Respublikasining Koreya Respublikasidagi Elchixonasi tomonidan ogohlikka chaqirildi.
Unda 3-dekabr kuni Janubiy Koreyada harbiy holat eʼlon qilingani munosabati bilan mamlakatda yuzaga kelayotgan ichki siyosiy vaziyatdan kelib chiqqan holda, o’zbekiston fuqarolarini Janubiy Koreyada turli xil mitinglar va namoyishlarda ishtirok etmaslikka, odamlar gavjum joylarga bormaslikka, oʻzining shaxsiy xavfsizligi va sogʻligini ehtiyot qilishga chaqirilgan.
Zarurat boʻlgan holatda quyidagi telefon raqamga murojaat qilishingiz soʻraladi:
+82 10 3213 4505
+82 10 2909 4334
Sizda shikoyat, taklif yoki murojaat bormi? Bizga @demokratuz_aloqabot orqali murojaat qiling!