O‘zbekiston inson huquqlari “Ezgulik” jamiyati Fransiya Respublikasining “Ozodlik, tenglik, birodarlik” xalqaro mukofoti bilan taqdirlandi.
Bu haqda 4-dekabr kuni Fransiya Respublikasi Inson huquqlari bo‘yicha Milliy maslahat komissiyasi xabar berdi.
Komissiya matbuot xizmatiga ko‘ra, Fransiya Respublikasining Inson huquqlari bo‘yicha «Ozodlik, tenglik, birodarlik» mukofoti 1988 yilda CNCDH tashabbusi bilan yaratilgan. Ushbu mukofotning maqsadi butun dunyoda inson huquqlarini ilgari surish va himoya qilishda fuqarolik jamiyatining asosiy rolini tan olishdir.
Mazkur mukofot dunyoning 5 nafar fuqarolik jamiyati tashkilotiga beriladi. Bu galgi g‘oliblar orasida “Ezgulik” bilan birga Kamerundagi “Mandella” markazi, Gaitidagi “Citizens” tashkiloti, Kolumbiyaning Ludirlena PÉREZ CARVAJAL tashkiloti va Suriyadagi “Caesar” tashkilotlari bor.
Taqdimot marosimi shu yilning 10-dekabr – Inson huquqlari kunida Parijda o‘tkaziladi. Mukofot Fransiya Respublikasi Bosh vaziri tomonidan “Ezgulik” jamiyati rahbari Abdurahmon Tashanovga topshiriladi.
Sizda shikoyat, taklif yoki murojaat bormi? Bizga @demokratuz_aloqabot orqali murojaat qiling!