Jahon

Hozirgi vaziyatda Germaniya qo‘shinlarini Ukrainaga yuborish haqida gap ham bo‘lishi mumkin emas — Olaf Shols

Hozirgi vaziyatda Germaniya qo‘shinlarini Ukrainaga yuborish haqida gap ham bo‘lishi mumkin emas — Olaf Shols

Germaniya kansleri Bundestagda chiqish qilayotganda deputatlar unga mamlakat tashqi ishlar vaziri Annalena Berbokning so‘zlarini sharhlash so‘rovi bilan murojaat qilishdi.

Der Spiegel nashrining yozishicha, avvalroq Berbok Ukrainada o‘t ochishni to‘xtatish rejimi o‘rnatilsa, Germaniya askarlari xalqaro kuchlar tarkibida Ukrainaga jo‘natilishi mumkinligiga ishora qilgan edi.

«Aslida Berbok faqat “ha” yoki “yo‘q” demaslikka harakat qilgan. Hozirgi vaziyatda qo‘shinlarni Ukrainaga yuborish haqida gap ham bo‘lishi mumkin emas. Bu ziddiyat NATO va Rossiya o‘rtasidagi urushga aylanmasligi kerak», — deya taʼkidladi Shols.