Jamiyat

O‘zbekistonda ilk bor noyob aorta va arteriya jarrohligi o‘tkazildi

O‘zbekistonda ilk bor noyob aorta va arteriya jarrohligi o‘tkazildi

O‘zbekiston tibbiyoti tarixida ilk bor Milliy tibbiyot markazida ikki murakkab jarrohlik amaliyoti bir vaqtda bajarildi.

Bemorning hayotini saqlab qolish maqsadida:

1. Aorta yoyi anevrizmasini endoprotezlash

Aorta devoridagi zaiflashgan qismi maxsus stenograf yordamida endoprotez orqali mustahkamlandi. Bu jarayonda katta kesiklarsiz, qon oqimi tiklanib, yorilish xavfi oldi olindi.

2. Chap uyqu arteriyasini o‘ng uyqu arteriyasiga shuntlash

Qon aylanishini tiklash uchun chap uyqu arteriyasi o‘ng uyqu arteriyasiga ulandi. Bu usul yuqori darajadagi aniqlikni talab qiladi.

Milliy tibbiyot markazi mutaxassislari tomonidan xalqaro standartlarga mos holda bajarilgan ushbu amaliyot O‘zbekiston tibbiyotida yangi davrni boshladi. Amaliyotda zamonaviy texnologiyalardan foydalanilib, bemorning hayotiga bo‘lgan xavf muvaffaqiyatli bartaraf etildi.