Jahon

Britan armiyasi katta urushga tayyormas — Buyuk Britaniya mudofaa vaziri

Britan armiyasi katta urushga tayyormas — Buyuk Britaniya mudofaa vaziri

 Buyuk Britaniya mudofaa vaziri o‘rinbosari Alister Karnsning aytishicha, katta urushda britan armiyasi yarim yilda tugaydi, unga zaxiralar kerak bo’ladi.

Ukrainadagi kabi katta urush boshlanadigan taqdirda, Britaniyaning muntazam armiyasi shaxsiy tarkibning hozirgi miqdorida yarim yil ichida yakson etiladi va shuning uchun Britaniya zaxira kuchlarning katta kontingentini tashkil etishi kerak bo‘ladi. Bu haqda Buyuk Britaniya mudofaa vaziri o‘rinbosari Alister Karns maʼlum qilgan.

Britaniya armiyasi soni — flotsiz va aviatsiyasiz, quruqlik kuchlarining o‘zi — hozirda 109 ming kishidan iborat, bu zaxiradagi 26 ming ko‘ngillini ham o‘z ichiga oladi.