Siyosat

Qodirov migrantlar yonini oldi

Qodirov migrantlar yonini oldi

Qodirov migrantlarga tayziq o‘tkazayotgani uchun Bastrikin va Kolokolsevni tanqid qildi.

«Men Rossiya va O‘zbekiston prezidentlarining migratsiya masalasida albatta umumiy yechim topishga kelishib olganiga shaxsan guvoh bo‘lganman.

Hozir esa, Kolokolsev buyruq beradi – migrantlarni olib ketishadi, kaltaklashadi, haydab chiqarishadi. Axir ular bizga kerak bo‘lgan birodarlarimiz-ku. Keyin “Nega hech kim biz bilan do‘st bo‘lishni xohlamaydi” deb hayron bo‘lishadi. Chunki bizga ishonishmaydi.

Nega biz Ukrainani, Gruziyani yo‘qotdik? Nega boshqa davlatlar bilan munosabatlar keskinlashgan? Chunki odamlar (amaldorlar – tahr.) o‘z lavozimiga loyiq emas. Ular baland kresloda o‘tirib, davlatda nima bo‘layotganini bilmaydi, hududlarga chiqmaydi, odamlar bilan muloqot qilmaydi. Alloh taolo ularning jazosini albatta beradi”, – dedi Qodirov.