Yangiliklar

Aktrisa Halima Ibragimova 45 yoshida hayotdan ko‘z yumdi

Aktrisa Halima Ibragimova 45 yoshida hayotdan ko‘z yumdi
«Mirzo teatri»dagi manba aktrisa vafot etgani haqida ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan xabarlarni tasdiqladi. O‘lim sabablari haqida hozircha ma’lumot yo‘q.

Halima Ibragimova bir necha oylik tanaffusdan keyin so‘nggi bor 25-noyabr kuni ijtimoiy tarmoqlarda ko‘rinish berib, og‘ir betob bo‘lgani haqida aytgandi.

«Issiq jonmiz, bilib bo‘lmaydi. Ozgina sog‘lig‘imda muammo bo‘lib, chiqa olmay qolgandim. Hozir ancha yaxshiman, davolanish ishlari davom etmoqda. Yaqin kunlarda «Mirzo» teatrining konserti, u yerda rol ijro etishim kerak», degandi aktrisa.

Halima Ibragimova 1979-yilda tug‘ilgan. Toshkent davlat san’at instituti drama aktyorligi bo‘limida tahsil olgan. Ikki farzand onasi edi.

Demokrat.uz tahririyati aktrisaning oila a’zolari va yaqinlariga ta’ziya bildiradi.