Maktabgacha va maktab talimi vazirligi tomonidan “Huquqiy ma’rifiy bilimdon” ko’rik tanlovining respublika bosqichi Jizzax viloyatida bo’lib oʻtdi.
Tanlovda Hududiy bosqichlardan gʻolib boʻlgan jami 70 nafar oʻquvchilar ishtirok etdi.
Oʻquvchilarning huquqiy bilimlarini yanada oshirish, ijodiy qobilyatlarini rivojlantirishni maqsad qilgan tanlovda barcha hududlardan tashrif buyurgan jamoalar faol ishtirok etdi.
Tanlov natijalariga koʻra:
🥉faxrli 3-oʻrinni Toshkent viloyati jamoasi,
🥈Faxrli 2-oʻrinni Namangan viloyati jamoasi,
🥇Faxrli 1-oʻrinni Sirdaryo viloyati jamoalari egallashdi.
G’olib jamoalar vazirlik tomonidan maxsus diplom va esdalik sovg’alari bilan taqdirlandi.
Sizda shikoyat, taklif yoki murojaat bormi? Bizga @demokratuz_aloqabot orqali murojaat qiling!