Ruminiya prezidentlik saylovlarining birinchi bosqichida mustaqil nomzod Georgesku 22,94% ovoz bilan g‘olib chiqqan edi.
Amaldagi bosh vazir 19,8% ovoz bilan ikkinchi o‘rinni egallagan edi. Saylovlarning ikkinchi bosqichi 7-dekabr kuni bo‘lib o‘tishi kerak edi.
Lekin Ruminiya Konstitutsiyaviy sudi saylovlarning birinchi bosqichi natijalarini bekor qildi.
Saylovda g‘olib chiqqan nomzod «Rossiya bilan ittifoqchilik tarafdori» deb topilgani sabab bo‘lgan.
Aslida Georgesku – YEIga tobe bo‘lmasdan milliy manfaatlar yo‘lida mustaqil iqtisodiy siyosat yuritish va shu jumladan Rossiya bilan ham hamkorlik qilish tarafdori.
Yangi prezidentlik saylovlari kelasi yilning mart oyida bo‘lib o‘tishi mumkin, dedi senator Daniyel Fenesiu OAVga.
Sizda shikoyat, taklif yoki murojaat bormi? Bizga @demokratuz_aloqabot orqali murojaat qiling!