Mamarizo Nurmurodov 2017-yildan buyon Markaziy bank boshqaruvi raisi lavozimida ishlab kelayotgandi.

U 1960-yili Samarqand viloyatida tug‘ilgan. 1977-yilda Toshkent xalq xo‘jaligi institutiga o‘qishga kirib, 1982-yilda Leningrad iqtisodiyot-moliya institutini tamomlagan. 1985—1988-yillarda Moskva Moliya instituti aspiranturasida tahsil olgan. Iqtisodiyot fanlari nomzodi Mamarizo Nurmurodov 2000—2004-yillarda moliya vaziri bo‘lgan. 2004—2006-yillarda Samarqand hokimi lavozimida ishlagan. 2006—2017-yillarda Markaziy bank raisi maslahatchisi, 2017-yil iyunda Markaziy bank raisi lavozimiga tayinlangan. 2022-yil may oyida u navbatdagi muddatga Markaziy bank boshqaruvi raisi etib tayinlangandi.