«O‘zbek Milliy akademik drama teatri ustoz san’atkori, o‘zbek dublyaj san’atining qiroli, O‘zbekiston xalq artisti To‘lqin Tojiyev tabarruk 88 yoshda bandalikni bajo keltirdi. Milliy teatri jamoasi marhumning oila a’zolariga, barcha yaqinlariga ta’ziya bildiradi», — deyiladi xabarda.
To‘lqin Tojiyev 1936-yil 13-aprelda Toshkent shahrida tug‘ilgan. 1959-yili A.Ostrovskiy nomidagi Toshkent teatr va rassomlik san’ati institutining aktyorlik fakultetini tugatib, Hamza nomidagi O‘zbek davlat akademik drama teatriga ishga kirgan.
O‘zbekiston xalq artisti Jo‘ra Tojiyev xonadonida o‘sib, voyaga yetgan To‘lqin Tojiyev 1947 yildan «O‘zbekfilm» kinostudiyasi va respublika radiosida ishlay boshlagan. O‘zbek Milliy akademik drama teatrida yuzdan ortiq — Bobchinskiy va Xlestakov («Revizor»da), Ozrik («Hamlet»), Edgar («Qirol Lir»), Yago («Otello»), Mansur va Jomiy («Alisher Navoiy»), Orif («Imon»), Abdullatif («Mirzo Ulug‘bek»), Jontoy («Sarviqomat dilbarim» spektakli) kabi obrazlar yaratgan.
To‘lqin Tojiyev «O‘zbekfilm» kinostudiyasida o‘zbekchaga o‘girilgan mingdan ortiq xorij filmiga ovoz bergan.
Sizda shikoyat, taklif yoki murojaat bormi? Bizga @demokratuz_aloqabot orqali murojaat qiling!