Iqtisod

Uy-joy qurilishida aholi mablag‘larini kafolatlash tizimi ishga tushadi

Uy-joy qurilishida aholi mablag‘larini kafolatlash tizimi ishga tushadi

Uy-joy qurilishida aholi mablag‘larini kafolatlash tizimi ishga tushadi. 

Bu haqda prezident huzurida bo‘lib o‘tgan yig‘ilishda maʼlum bo‘ldi.

Kelgusi yilda 120 mingta xonadonli ko‘p qavatli uylar qurilishi rejalashtirilgan. Lekin sohada to‘lov tizimi taribga solinmagani uchun, yangi uylarni olmoqchi bo‘lgan odamlar pulini bank orqali emas, to‘g‘ridan-to‘g‘ri quruvchiga bermoqda. Bu esa turli nojo‘ya oqibatlarga olib kelmoqda.

Ushbu amaliyotning oldini olish maqsadida, 23-sentyabr kuni “yescrow” tizimini joriy etish haqida qonun qabul qilingan edi.

Unga ko‘ra, buyurtmachi va tijorat banki o‘rtasida tuziladigan shartnomaga asosan, har bir qurilish inshooti bo‘yicha “yescrow” hisobvarag‘i ochiladi. Ko‘chmas mulk uchun kelishilgan mablag‘lar ushbu hisobvaraq orqali amalga oshiriladi.

Xaridorning hisobvarag‘idagi pul qurilish bitganidan so‘ng developer tashkilotga o‘tkaziladi. Quruvchi o‘z majburiyatini bajarmagan taqdirda, bu pul egasiga qaytarib beriladi.