Jamiyat

1-yanvardan poytaxt jamoat transporti 3 000 (uch ming) so‘m etib belgilandi

1-yanvardan poytaxt jamoat transporti 3 000 (uch ming) so‘m etib belgilandi

Toshkent shahar hokimining qarori bilan 2025-yil 1-yanvardan poytaxt jamoat transporti yo‘nalishlarida (avtobus va metropoliten) bir yo‘lovchi qatnovi uchun cheklangan tarif – 3 000 (uch ming) so‘m etib belgilandi.

Bunda to‘lov elektron to‘lov tizimi (transport yoki bank kartasi) orqali amalga oshirilganda hozirgidek o‘zgarishsiz qoladi – 1 700 so‘m.

Barcha avtobuslar salonida yo‘lkira haqini naqd pulda olish amaliyotidan voz kechiladi.

Naqd pul orqali avtobuslarda harakatlanish uchun Toshkent shahridagi bekatlarda va ular yaqinida o‘rnatilgan barcha to‘lov qurilmalari, ya’ni Paynet, MultiPay va Oson infokioskalari orqali bir martalik chipta xarid qilish kerak bo‘ladi.

Bundan tashqari, ko‘p martalik – 2, 5, 7 kun amal qiladigan tarif rejalar ham joriy qilinadi.