Iqtisod, Tahlil

Xorijliklar uchun eng yaxshi shaharlar reytingida Toshkent 200-o‘rinni egalladi

Xorijliklar uchun eng yaxshi shaharlar reytingida Toshkent 200-o‘rinni egalladi

Mercer hisobotida aytilishicha, Syurixning tanlanishi “sifatli davlat xizmatlari, jinoyatchilik darajasining pastligi va faol madaniy hayotga asoslangan”. Samarali infratuzilma va barqaror rivojlanishga intilish bularga qo‘shimcha bo‘ladi.

Hisobotda, shuningdek, shahar aviatsiyasi yaxshilangani ta’kidlangan: 2024-yil yozida boshqa qit’alarga borish-qaytish reyslari ko‘paytirildi. Endi Syurixdan SWISS aviakompaniyasi orqali Seul, Shanxay, Vashington va Torontoga, shuningdek Tunisair va boshqa aviakompaniyalar bilan Tunis va Jyerbaga uchish mumkin.

“2024-yilda Syurixda Atlanta, Klouj, Jyerba, Koshitsa va Tunisga parvozlar yo‘lga qo‘yildi, buning natijasida xorijliklarg uchun uyga borish va qaytish har qachongidan osonlashdi”, — dedi aviakompaniyalar yo‘nalishlari bo‘yicha tahlilchi Jyeyms Pirson Euronews Trave kompaniyasiga.

Syurixda 400 000 dan ortiq shveysariyalik bo‘lmagan aholi istiqomat qiladi, bu esa uni mamlakatdagi eng yirik xorijiy jamoaga ega shaharga aylantiradi. Biroq Syurixda joylashgan kadrlar tanlovi va loyiha xizmatlari bo‘yicha Rigby AG kompaniyasi ma’lumotlariga ko‘ra, bu shahar yashash uchun qimmat, ayniqsa ijarada turuvchilar uchun.

Syurixda yashash narxi reytingda ikkinchi o‘rinni egallagan Venadagiga qaraganda 71,8 foiz yuqori. Xususan, uy-joy ijarasi narxlari Venadagidan 127,6 foiz baland, oziq-ovqat mahsulotlari esa taxminan 65 foizga qimmatroq. Biroq bu yerda ish haqi ham yuqori bo‘lgani sababli, chet ellik mutaxassislar daromad topa boshlashi bilan turmush tarzi yaxshilanishni boshlaydi.

Syurix shahri muntazam ravishda yuqori turmush darajasi bilan ajralib turadi. 2024-yilgi dunyoning eng baxtli shaharlari ro‘yxatida u Daniyaning Orxus shahridan keyin ikkinchi o‘rinni olgan. 2024-yilgi IMD Smart City Index xalqaro reytingida Syurix ketma-ket beshinchi yil birinchi o‘rinni egallab kelmoqda. Bundan tashqari, Yevropa Komissiyasi uni Yevropaning yashash uchun eng qulay shahri sifatida e’tirof etgan.

Mercer hayot sifati indeksidagi eng yaxshi 10 ta shaharning sakkiztasi Yevropa shaharlari bo‘lib, faqat Oklend va Vankuver bundan mustasno.

Yuqori reytingga ega boshqa shaharlar orasida Vena ham bor. U 2023-yildagi birinchi o‘rindan bir pog‘onaga pastlagan. Shveytsariyadagi Jyeneva ikki pog‘onaga ko‘tarilib, bu yil uchinchi o‘rinni egalladi.

Kopenhagen to‘rtinchi o‘rinni saqlab qoldi, Amsterdam esa sakkiz pog‘onaga ko‘tarilib, beshinchi o‘rinni egalladi. Eng yaxshi o‘ntalikda Frankfurt bir pog‘ona pastlab, yettinchi o‘rinni egallab, Vankuver bilan tenglashdi, Shveytsariyaning boshqa ikki shahri — Bern va Bazel esa mos ravishda to‘qqizinchi va o‘ninchi o‘rinlarni egalladi.

Mercer reytingiga Markaziy Osiyoning yirik shaharlari ham kiritilgan. Xususan, Qozog‘istonning Olmaota shahri 179, Ostona shahri 186-o‘rinda turibdi. Toshkent esa ro‘yxatning 200-pog‘onasidan joy olgan. Bishkek 212, Dushanbe 216, Ashxobod 222-o‘rinda xorijlik mutaxassislar uchun taklif etilmoqda.

Mercer reytingiga beshta qit’adan 241 ta shahar kiritilgan. Ro‘yxatning quyi qismidagi ko‘plab shaharlar Afrika va Yaqin Sharqda joylashgan, eng oxirgi o‘rinni esa Sudan poytaxti Xartum egallagan.

Shuningdek, Iroqdagi Bag‘dod, Markaziy Afrika Respublikasidagi Banga, Yamandagi Sanu va Haitidagi Port-o-Prens ham ro‘yxatning quyi pog‘onalarida turadi.