«[Qozondagi] sammitning muhim natijalaridan biri BRICS bo‘yicha hamkor davlatlar toifasini tashkil etish va 13 ta davlatdan iborat ro‘yxatni tasdiqlash bo‘ldi. Bu davlatlarga tegishli taklifnoma yuborildi. Bugungi kunga kelib Belarus, Boliviya, Indoneziya, Qozog‘iston, Kuba, Malayziya, Tailand, Uganda va O‘zbekistondan BRICS hamkori bo‘lishga tayyor ekanini tasdiqladi», dedi u.
Ushakov ta’kidlaganidek, 2025-yil 1-yanvardan boshlab ular rasman BRICS hamkor davlatlari maqomini oladi.
«Ammo biz tez orada taklifnoma yuborilgan yana to‘rtta davlatdan javob kelishini kutamiz», deb qo‘shimcha qildi u.
Bu davlatlar vakillari BRICS sammitlari va tashqi ishlar vazirlari yig‘ilishlari doirasidagi alohida yig‘ilishlarga taklif qilinadi. «Biz hamkorlarni xavfsizlik masalalari bo‘yicha mas’ul yuqori vakillar yig‘ilishlari, parlament forumi va boshqa tadbirlarga jalb etishni to‘g‘ri deb hisoblaymiz», dedi Kreml vakili.
BRICS (Brazil, Russia, India, China, South Africa davlatlari nomining bosh harflaridan tuzilgan qisqartma) 2006 yilda Braziliya, Rossiya, Hindiston va Xitoy tomonidan tashkil etilgan bo‘lib, keyinchalik unga Janubiy Afrika qo‘shilgan. 2024 yil 2 yanvar kuni unga Misr, Eron, BAA va Efiopiya qabul qilindi.
Sizda shikoyat, taklif yoki murojaat bormi? Bizga @demokratuz_aloqabot orqali murojaat qiling!