“2025-yil uchun O‘zbekiston Respublikasining Davlat budjeti to‘g‘risida”gi qonun bilan mol-mulkni ijaraga beruvchi jismoniy shaxslar uchun belgilangan ijara to‘lovining eng kam stavkalari tasdiqlandi va ular 10−12,7 foizga oshdi.
Ushbu stavkalar jismoniy shaxslarning mol-mulkni ijaraga berishdan olingan daromadlariga soliq solish maqsadida qo‘llaniladi hamda ko‘chmas mulkdan tekin foydalanish shartnomalariga (bundan yaqin qarindoshlar o‘rtasidagi tuzilgan shartnomalar mustasno) nisbatan tatbiq etiladi.
Qoraqalpog‘iston Jo‘qorg‘i Kengesi, xalq deputatlari viloyatlar kengashlari ijara to‘lovining eng kam stavkalariga nisbatan tumanlar va shaharlar kesimida, ularning iqtisodiy rivojlanishi darajasiga qarab 2,0 gacha oshiruvchi koeffitsiyentni joriy etishga haqli.
Xalq deputatlari tumanlar va shaharlar kengashlariga tumanlar hamda shaharlarning ommaviy dam olishga va (yoki) turizmga ixtisoslashtirilgan ayrim hududlarida mol-mulkni ijaraga beruvchi jismoniy shaxslar uchun belgilangan ijara to‘lovining eng kam stavkalariga Toshkent shahri uchun belgilangan miqdorlargacha o‘sib boruvchi koeffitsiyentlarni joriy etish huquqi berilgan.
2025-yildan boshlab yangi stavkalar (avvalgilari qavs ichida)
№ |
Ijaraga beriladigan mol-mulk turi |
Belgilangan stavka miqdorini tavsiflovchi ko‘rsatkich |
Oylik ijara to‘lovi stavkalarining eng kam miqdorlari, so‘mda |
||
Toshkent shahri |
Nukus shahri va viloyat markazi bo‘lgan shaharlar |
boshqa |
|||
1 |
Binolar: | ||||
turar joy |
umumiy maydonning 1 kv. metri uchun |
28 000 (25 000) |
13 500 (12 000) |
5500 (5000) |
|
noturar joy |
45 000 (40 000) |
26 500 (23 500) |
11 000 (10 000) |
||
2 |
Avtomobil transporti: | ||||
yengil avtomobillar (yo‘lovchilar, bagaj tashishga mo‘ljallangan hamda haydovchi o‘rnini hisoblamaganda, o‘rindiqlari soni 8 tadan ko‘p bo‘lmagan avtotransport vositalari) |
1 ta avtotransport vositasi uchun |
858 000 (780 000) |
|||
mikroavtobuslar, avtobuslar va yuk avtomobillari |
1 705 000 (1 550 000) |