Jamiyat

Tarixiy tillani chegaradan olib o’tmoqchi bo’lganlar qo’lga olindi

Tarixiy tillani chegaradan olib o’tmoqchi bo’lganlar qo’lga olindi

«Buxoro Aeroporti» chegara bojxona posti va Aviatsiya xavfsizligi xizmati xodimlari o‘zaro hamkorligida Rossiya imperiyasi davriga tegishli oltin tangani yurtimiz hududidan olib chiqib ketishga bo`lgan urinish bartaraf etildi.

Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, ashyoviy dalil sifatida vaqtincha saqlovga olingan ushbu numizmatika ashyosi 1897 yilda zarb etilgan bo`lib, Rossiya imperiyasiga tegishli 15 rubllik oltin tangadir. Unda imperator Nikolay II ning portreti hamda Rossiya imperiyasi gerbi tasvirlangan.

Ma’lumot o‘rnida ta’kidlash joizki, qadimiy tangalarni Respublikamiz hududidan noqonuniy ravishda olib chiqib ketishga bo‘lgan urinishlar tez-tez aniqlanib turadi. Jumladan, o‘tgan 2024-yilda bojxona xodimlari tomonidan 41 ta holat qayd etilib, jami 468 dona qadimiy numizmatika ashyolari mamlakatimizdan olib chiqib ketilishining oldi olingan.