Jamiyat, O‘zbekiston

«Toshshahartransxizmat» AJ aholiga murojaat qildi

«Toshshahartransxizmat» AJ aholiga murojaat qildi

«Toshshahartransxizmat» AJ 2025-yil 1-yanvardan avtobuslarda naqd pul qabul qilish to‘xtatilgani va aholidan yo‘l haqini elektron to‘lov turlar orqali amalga oshirishni so‘radi.

Qayd etilishicha, avtobuslarda naqd pul orqali harakatlanmoqchi bo‘lgan yo‘lovchilar, Toshkent shahri bo‘ylab o‘rnatilgan 5000 mingdan ortiq Paynet, MultiPay va Oson infokioskalaridan 3000 so‘m evaziga bir martalik QR-chipta xarid qilishlari kerak.

Ushbu infokioskalar bilan bog‘liq texnik nosozliklarni onlayn (masofadan turib) bartaraf etish imkoniyati mavjud emasligi bois nosozliklar xizmat ko‘rsatuvchi tashkilotlar tomonidan joyiga chiqqan holda bartaraf etilishini ma’lum qilamiz, — deyiladi xabarda.

O‘z vaqtingizni va mablag‘ingizni tejash uchun esa avtobuslarda yo‘l haqini 1700 so‘m evaziga elektron to‘lov turlari, ya’ni:

  • — Bank kartalari,
  • — Mobil ilovalar hamda
  • — ATTO transport va virtual kartalari orqali amalga oshirish mumkin.