Jahon, Siyosat

Eron Italiyani “AQSh tufayli” janjallashmaslikka chaqirmoqda

Eron Italiyani “AQSh tufayli” janjallashmaslikka chaqirmoqda

Eron Italiyani “AQShning garovga olish siyosatini rad etishga” va Vashington soʻroviga koʻra Milanda hibsga olingan eronlik muhandisni “ozod qilish uchun zarur choralarni koʻrishga” chaqirdi.

Tehron va Rim oʻrtasidagi ikki tomonlama munosabatlar Eron fuqarosi Muhammad Abediniyning “AQSh aralashuvi” oqibatida qamoqqa olinishi ortidan zarar koʻrishi mumkin, deya Eron TIV Italiya elchisi Paolo Amedeyni ogohlantirdi.

AQSh Adliya vazirligi eronlik muhandis va yana bir eronlik fuqaroni oʻtgan yil boshida Iordaniyadagi AQSh bazasiga dronlar zarbasini amalga oshirishda foydalanilgan maxfiy texnologiyalarni topshirishda ayblagan edi, hodisa oqibatida uch nafar amerikalik harbiy halok boʻlgan.

Abedeniy 2024 yilning 16 dekabr kuni AQSh talabiga binoan Milan Malpensa aeroportida Italiya rasmiylari tomonidan hibsga olingan.

Italiyalik jurnalist Chechilia Sala Eron rasmiylari tomonidan 19 dekabr kuni hibsga olindi, shu kundan buyon dissidentlar saqlanayotgan Tehronning mashhur Evin qamoqxonasida oʻtiribdi.

Il Foglio kundalik gazetasi muxbiri Chechilia Muhammad Abediy hibsga olinganidan uch kun oʻtib hibsga olingan.

«U 13 dekabr kuni jurnalist vizasi bilan mamlakatga kelgan va “islom respublikasi qonunlarini buzganlikda” ayblanib hibsga olingan«, deb xabar beradi IRNA. Uni nimalarda ayblashayotgani hozircha noma’lum.

Italiya OAVlari Abediniyni ozod qilish uchun Eron Salani ayirboshlash maqsadida ushlab turishini taxmin qilmoqda. Eron oliy rahnamosi vakillari AQSh ittifoqchilaridan “dunyoning turli nuqtalarida Eron fuqarolarini garov sifatida ushlab turishni” talab qilayotganini ta’kidlagan.

Milan apellyatsiya sudi Abediniy Milandagi Opera qamoqxonasida qolishi yoki Amerikaga ekstraditsiya qilish boʻyicha sud jarayoni boshlangunga qadar uy qamogʻida qolishini hal qilishi kutilmoqda. Mazkur masala 15 yanvarda koʻrib chiqiladi.

AQSh hukumati Abediniyning iltimosi yuzasidan ochiq izoh bermagan.

Eronning Italiyadagi elchixonasi Tehron Salaning huquqlarini “kuzatishini” va Italiyaning Abediniyga nisbatan ham xuddi shunday qilishini kutayotganini yozgan.

Jurnalistlarning professional uyushmalari, jumladan, “Chegara bilmas muxbirlar” va “Xalqaro jurnalistlar federatsiyasi” hamkasblarini darhol ozod qilishga chaqirmoqda.