Qo‘mita tomonidan o‘tkazilgan tekshiruvlarda Farg‘ona viloyati Marg‘ilon shahrida joylashgan Xurmo travel umra MCHJ (Saxiy travel) fuqarolarga litsenziyasiz umra tadbirini tashkil etib kelgani aniqlangan.

Shuningdek, Surxondaryo viloyati, Denov shahrida Anor tour nomi ostida, Toshkent shahri, Chilonzor tumanida Sokin travel nomi ostida jismoniy shaxslar tomonidan davlat ro‘yxatidan o‘tmasdan umra tadbirini tashkil etib kelingani aniqlangan.

Yuqoridagi holatlar yuzasidan qo‘mita tomonidan Xurmo travel umra MCHJ (Saxiy travel)ga nisbatan “Litsenziyalash, ruxsat berish va xabardor qilish tartib-taomillari to‘g‘risida”gi qonunning tegishli moddalari talablari buzilishi  yuzasidan ish qo‘zg‘atilib, ishni ko‘rib chiqish yakunlari yuzasidan BHMning 200 baravari — 75 million so‘m jarima qo‘llash bo‘yicha qaror qabul qilindi.

Anor tour va Sokin travel nomlari ostida ishlab kelgan jismoniy shaxslarning xatti-harakatlari bo‘yicha to‘plangan materiallar tegishli chora ko‘rish yuzasidan huquq-tartibot organlariga yuborildi.

Din ishlari bo‘yicha qo‘mita umra tadbirlarini tashkil etish va o‘tkazishga oid xizmatlarini litsenziyaga ega bo‘lmagan tadbirkorlik subyektlari tomonidan ko‘rsatish taqiqlanganini eslatdi va keyinchalik turli ko‘ngilsiz holatlarga tushib qolmaslik uchun ishonchli va kafolatlangan xizmatlardan foydalanishni tavsiya etdi.

O‘zbekistonda umra tadbirlarini tashkil etish

2024-yil iyulida O‘zbekistonda umra tadbirlarini tashkil etish va o‘tkazish litsenziyalanadigan faoliyatning alohida turi sifatida belgilandi.

Hukumat qarori bilan quyidagi litsenziya talab va shartlari joriy etilgan:

  • 1 mln dollar miqdordagi mablag‘ni “Ziyorat” jamg‘armasiga zaxira qilib qo‘yish;
  • Ziyoratchilarga guruh rahbari etib O‘zbekiston musulmonlari idorasi bilan tuziladigan shartnoma asosida diniy bilim va ko‘nikmalarga ega bo‘lgan mutaxassisni tayinlash;
  • shtatida diniy taʼlim yo‘nalishlari bo‘yicha taʼlim muassasasi yoki O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasining bitiruvchisi bo‘lgan kamida bir nafar mutaxassisning mavjudligi;
  • voyaga yetmagan fuqarolarga xizmat ko‘rsatmaslik;
  • o‘z faoliyatini turoperator va turagentlar orqali amalga oshirmaslik;
  • ziyoratchilar uchun Saudiya Arabistoni Podshohligining faqat Umra vizasini rasmiylashtirish.

Bunda, Din ishlari bo‘yicha qo‘mita mazkur sohadagi litsenziyalovchi vakolatli organ sifatida belgilandi. Qo‘mita 21-noyabr kuni umra tadbirlarini tashkil etish va o‘tkazish faoliyati uchun litsenziyaga ega bo‘lgan tadbirkorlik subyektlari ro‘yxati e’lon qilindi. Unda 12 ta tur firma o‘rin olgan.

Litsenziyaga ega bo‘lmagan tadbirkorlik subyektlari tomonidan umra xizmatlariniko‘rsatish taqiqlangan. Bunday huquqbuzarliklar uchun yuridik shaxslarga solinadigan jarimalar miqdorlari BHMning 200 b