Shu yil 2 yanvar kuni soat taxminan 12.55larda koma holatiga tushib qolgan bir yoshu uch oylik kosonsoylik J.M. ota-onasi tomonidan Namangan shahridagi “Medium mega med servis” MCHJga qarashli xususiy klinikaga keltiriladi. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi xabar berdi.
Ma’lum bo‘lishicha, o‘sha kuni ota-ona bolalarini istirohat bog‘iga olib kelgan. Kutilmaganda kichik farzandida yuqori isitma tufayli talvasa xuruji kuzatilgan. Agar zudlik bilan chora ko‘rilmasa, bola nobud bo‘lishi mumkin edi.
Klinika rahbari, oliy toifali shifokor Muyassar Nishonova boshchiligida tezkorlik bilan birinchi tibbiy yordam ko‘rsatildi. Natijada bolaning hayoti saqlab qolindi.
Toshkent pediatriya tibbiyot instituti klinikasidan kelgan shifokor Adham Sattarov tomonidan J.M. tibbiy ko‘rikdan o‘tkazildi. Ayni chog‘da jajji bemor o‘zini yaxshi his etmoqda va shifokorlar nazorati ostida tegishli muolajalar davom ettirilyapti.
Sizda shikoyat, taklif yoki murojaat bormi? Bizga @demokratuz_aloqabot orqali murojaat qiling!