Toshkent viloyati IIBB Telegramʼga yuborilayotgan navbatdagi nayrang haqida ogohlantirdi.
Qayd etilishicha, Telegram’da tanishlaringiz akkauntidan sovg‘a yuborilgani haqida xabar kelishi mumkin. Bu kabi xabarlar tuzoq ekani va havolani ochmaslik kerakligi aytiladi xabarda.
“Agar sizga yaqin insoningizdan shunday xabar kelsa ham ishonmang, hech narsani bosmang, chunki o‘sha inson ham firibgarlar tuzog‘iga ilingan bo‘ladi”, deb ogohlantirdi Toshkent viloyat IIBB matbuot kotibi.
Agar “Faollashtirish” so‘zi ustiga bossangiz, firibgarlarning soxta saytiga kirib qolasiz va ular Telegram akkauntingiz boshqaruvini qo‘lga kiritadi.
Sizda shikoyat, taklif yoki murojaat bormi? Bizga @demokratuz_aloqabot orqali murojaat qiling!