Jamiyat

Surxondaryo viloyati hokimligi bolalar yupun kiyimda tadbirda qatnashganini rad etdi

Surxondaryo viloyati hokimligi bolalar yupun kiyimda tadbirda qatnashganini rad etdi

Avvalroq ijtimoiy tarmoqlarda Denov tumanida ko‘prik ochilishi tadbirida o‘quvchilar sovuq havoda yupun kiyimda tadbirga jalb qilingani haqida xabar berilgan edi.

Biroq Surxondaryo viloyati hokimligi matbuot xizmati bu maʼlumotni rad etdi.

Qayd etilishicha, bolalarni mazkur tadbirga jalb etish viloyat hokimligining tashabbusi bo‘lmagan va viloyat rahbari sovuq ob-havoda bolalarning bu kabi tadbirlarda ishtirok etishiga doimiy qarshi bo‘lib kelgan.

«Xususan, 2024-yil 6-dekabr kuni Denov tumanida o‘tkazilgan ko‘prik ochilishida ham bolalar hokimlik mutasaddilari tomonidan (viloyat rahbari va boshqa mutasaddilar yetib kelishidan oldin) tadbir boshlanishidan ilgari maxsus avtobusda qaytarib yuborilgan», deyiladi xabarda.