Dushanba kuni kechqurun Florida shtatidagi Fort-Loderdeyl xalqaro aeroportida parvozdan keyingi xavfsizlik tekshiruvi vaqtida ikki kishining jasadi topildi.
Bu haqda seshanba kuni JetBlue bayonotida ma’lum qilindi.
«Hozircha qurbonlarning shaxsi va ular samolyotga qanday sharoitda kirishgani aniqlanmagan», — deyiladi kompaniya bayonotida.
JetBlue voqeani «dahshatli vaziyat» deb atadi va barcha holatlarga oydinlik kiritish uchun rasmiylar bilan hamkorlik qilishga tayyorligini ta’kidladi.
Newsweek jurnalining aniqlik kiritishicha, hodisa Nyu-Yorkdagi Jon Kennedi aeroportidan uchayotgan samolyotda yuz bergan.
Sizda shikoyat, taklif yoki murojaat bormi? Bizga @demokratuz_aloqabot orqali murojaat qiling!