Migrantlarning mamlakatdan chiqarib yuborilishi yil sayin oshib bormoqda.
Ma’lum qilinishicha, 2024-yilda Rossiyadan migratsiya qoidalarini buzganlik uchun 80 mingdan ortiq migrant majburiy ravishda chiqarib yuborilgani haqida Rossiya Federatsiyasining Sud ijrochilari federal xizmati xabar berdi.
2023-yil davomida umumiy hisobda 44,2 mingdan ziyod chet el fuqarosi va fuqaroligi yo‘q shaxslar 60 davlatga chiqarib yuborilgan edi.
2022-yilda esa 26,6 ming chet ellik fuqaro va fuqaroligi yo‘q shaxs 47 mamlakatga deportatsiya qilingan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Rossiya Davlat Dumasi deputati Oleg Matveychev o‘z blogida migrantlarga nisbatan davlat siyosati va jamoatchilik kayfiyatini yomonlashtirishni bas qilishga chaqirgan edi. Deputat muhojirlarga nisbatan siyosat haqida fikr bildirar ekan, hozirda “migrantlarni ta’qib qilish” g‘oyasini ommaga targ‘ib qilayotgan “populistlar”ga berilmaslikka chorlagan edi.
Sizda shikoyat, taklif yoki murojaat bormi? Bizga @demokratuz_aloqabot orqali murojaat qiling!