2024-yil 30-dekabr kuni Hukumatning 914-sonli qarori bilan “Qishloq xo‘jaligi yerlaridan oqilona foydalanish tartibi to‘g‘risida”gi nizom tasdiqlandi. Mazkur nizom qishloq xo‘jaligi va yaylov yerlaridan oqilona foydalanishni tartibga solishning aniq qoidalarini belgilaydi.
Nizomning asosiy maqsadi
Nizomning asosiy maqsadi – qishloq xo‘jaligi yerlarining unumdorligini saqlash va oshirish, ularning samaradorligini ta’minlash, shuningdek, yer resurslaridan foydalanishda ekologik barqarorlikni ta’minlashdan iborat.
Yerlar unumdorligini oshirish bo‘yicha chora-tadbirlar
Nizomda qishloq xo‘jaligi yerlaridan oqilona foydalanishning quyidagi asosiy yo‘nalishlari ko‘rsatilgan:
tuproq unumdorligini saqlash va oshirish, almashlab ekishni suvdan foydalanish manbalarini hisobga olgan holda tashkil etish orqali qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan erlardan oqilona foydalanish;
tuproq unumdorligini saqlash va oshirish, suvdan foydalanish manbalarini hisobga olgan holda yaylovlar almashinishini yoʻlga qoʻyish orqali yaylovlardan oqilona foydalanish;
qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yerlardan oqilona foydalanish holatini baholash va uning natijasi boʻyicha xulosani shakllantirish.
Yaylovlardan oqilona foydalanish tartibi
Yaylovlardan oqilona foydalanish quyidagi tadbirlarni oʻz ichiga oladi:
yaylovlar almashinishi va suvdan foydalanish manbalarini hisobga olgan holda yaylovlardan foydalanish;
yaylovlarda chorva mollarini oʻtlatishda eng koʻp yoʻl qoʻyiladigan foydalanish normalarini belgilash, yaylovlar almashinishini ta’minlash va yuritish tartibi toʻgʻrisida nizomga muvofiq umumiy yaylov maydoni boʻyicha aniqlangan eng koʻp yoʻl qoʻyiladigan foydalanish me’yorini ta’minlash;
yaylovlar almashinishi rejasiga muvofiq yaylovlardan foydalanish;
yaylovlarning qishloq xoʻjaligida foydalanishdan chiqib ketishining oldini olish boʻyicha tadbirlarni amalga oshirish, shu jumladan, erlarni begona oʻtlar va butasimon daraxtlar qoplashiga hamda maishiy va ishlab chiqarish chiqindilari bilan ifloslanishiga yoʻl qoʻymaslik.
Nazorat va baholash mexanizmlari
Nizomga ko‘ra, qishloq xo‘jaligi yerlaridan oqilona foydalanish holati muntazam baholab boriladi. Ushbu baholash natijalari asosida yer resurslaridan foydalanish samaradorligi bo‘yicha xulosa shakllantiriladi va kelgusidagi rejalar belgilanadi.
Sizda shikoyat, taklif yoki murojaat bormi? Bizga @demokratuz_aloqabot orqali murojaat qiling!