2025-yilning ikkinchi oyidan boshlab Rossiyada yangi qoida kuchga kiradi. Unga ko‘ra, mamlakatda noqonuniy ravishda yashab turgan xorijiy fuqarolar uchun nikoh tuzish imkoniyati cheklanadi.
Noqonuniy migrantlar maxsus reyestrga kiritiladi
Ma’lum qilinishicha, ma’lumotlar maxsus nazoratdagi shaxslar reyestri orqali tekshiriladi va bu jarayon to‘g‘ridan-to‘g‘ri ZAGS (Fuqarolik holati dalolatnomalarini qayd etish bo‘limlari)da amalga oshiriladi. 5-fevraldan boshlab yangi qoidalarga muvofiq, nazoratdagi shaxslar reyestriga kiritilgan xorijiy fuqarolar Rossiya hududida nikoh tuzish huquqiga ega bo‘lmaydi, deb xabar berdi FederalPress.
Nikoh kunida ham qayta tekshiruv o‘tkazilishi mumkin
Ushbu reyestrga Rossiyada noqonuniy yashab turgan xorijiy fuqarolar va fuqaroligi yo‘q shaxslar kiritiladi. Nikohni ro‘yxatdan o‘tkazish uchun ariza berilganda ZAGS xodimlari ushbu ma’lumotlarni tekshiradi. Nikohni ro‘yxatdan o‘tkazish kunida ham qayta tekshiruv o‘tkaziladi. Nikoh tuzishga qo‘yilgan taqiq Rossiya Federatsiyasini tark etish yoki o‘z maqomini qonuniylashtirish majburiyati yuklatilgan muhojirlarga taalluqli bo‘ladi.
Sizda shikoyat, taklif yoki murojaat bormi? Bizga @demokratuz_aloqabot orqali murojaat qiling!