Jahon, Siyosat

Kiyevga Fiso yana tahdid qilmoqda

Kiyevga Fiso yana tahdid qilmoqda
Robert Fico, Slovakia’s prime minister, gestures whilst speaking during an interview at his office in Bratislava, Slovakia, on Tuesday, Feb. 23, 2016. Fico, whose country takes over the rotating European Union presidency in July, said he can’t imagine how Europe would handle such a “siege” if migrants from Ukraine join those heading to the continent from the Middle East, Africa and Asia. Photographer: Balazs Mohai/Bloomberg *** Local Caption *** Robert Fico

Gaz tranziti muammolari hal etilmasa, Slovakiya Ukrainaga nisbatan qat’iy choralar ko‘radi.

Slovakiya Bosh vaziri Robert Fisodan iqtibos keltirib, «Reuters» agentligi shunday xabar bermoqda.

Uning ma’lum qilishicha, choralar insonparvarlik yordamini to‘xtatish, shuningdek qochqinlarga ko‘rsatilayotgan yordamni to‘xtatish yoki qisqartirishni o‘z ichiga olishi mumkin. Bundan tashqari, Slovakiya Ukrainaga favqulodda elektr energiyasi yetkazib berishni to‘xtatishi mumkinligi haqida agentlik xabar bermoqda.

«Evropa Ittifoqida Ukrainaga oid masalalar bo‘yicha veto huquqimizdan foydalanishimiz mumkin edi,» deya Fitsoning so‘zlarini keltirmoqda «Reuters».

Ilgari Fiso 2025-yil 1-yanvardan keyin Ukrainaga elektr energiyasi yetkazib berishni to‘xtatish bilan ham tahdid qilgan edi. Siyosatchi tranzitni to‘xtatish qarorini nihoyatda qimmat va «butun Yevropa Ittifoqi to‘laydigan behuda siyosiy harakat» deb baho