Copernicus ma’lumotlariga ko‘ra, 2024-yildagi global o‘rtacha harorat sanoatlashishdan oldingi davr — ya’ni insonlar katta miqdorda qazilma yoqilg‘ilarni yoqishni boshlashidan avvalgi davr — haroratidan taxminan 1,6°C yuqori bo‘ldi.
2024-yil ko‘rsatkichlari, o‘z navbatida, 2023-yilda o‘rtacha harorat 1,48 darajaga ko‘tarilgan rekorddan ham yuqoriladi. Shunday qilib, bu so‘nggi o‘n yillik kuzatuvlar tarixidagi eng issiq yil bo‘ldi, deb ta’kidlaydi iqlimshunoslar.
Sanoatgacha bo‘lgan davr bilan taqqoslaganda yillar bo‘yicha o‘rtacha global harorat. BBC infografikasi.
Mutaxassislarning fikricha, o‘tgan yilgi jazirama asosan insoniyat faoliyati bilan bog‘liq bo‘lib, bunda El-Nino kabi tabiiy ob-havo sharoitlari kamroq rol o‘ynagan.
“Shubhasiz, iqlim o‘zgarishiga atmosferadagi issiqxona gazlari konsentratsiyasi eng katta hissa qo‘shadi”, — dedi Copernicus direktori o‘rinbosari Samanta Berjess.
Bir yillik o‘rtacha global haroratning 1,5 darajaga oshishi Parij kelishuvi ko‘rsatkichining buzilishini anglatmaydi, deb tushuntiradi BBC News. Bu sodir bo‘lishi uchun harorat 20 yil davomida 1,5 daraja yoki undan yuqori bo‘lishi kerak.
“Qachon biz 1,5 gradusli uzoq muddatli chegaradan o‘tamiz, buni oldindan aytish qiyin, ammo bunga juda yaqinmiz”, — dedi iqlimshunos va Oksford universiteti professori Maylz Allen.