O‘zbekiston milliy terma jamoasi markaziy himoyachisi Abduqodir Husanov Angliyaning “Manchester Siti” futbolchisiga aylandi. Bu haqda insayder Fabritsio Romano o‘z X sahifasida ma’lum qildi.
Romanoning so‘zlariga ko‘ra, futbolchi va “shaharliklar” o‘rtasidagi shartnoma 5+1 ko‘rinishida bo‘ladi. Shuningdek, manchesterliklar Husanov uchun “Lans”ga bonuslarni hisobga olgan holda 50 million yevro to‘ladi.
Ma’lumot o‘rnida, “Lans” Abduqodir Husanovni 2023-yilda “Energetik BGU”dan 100 ming yevroga sotib olgandi. 20 yoshli futbolchi klub safida umumiy 24 ta o‘yinda maydonga tushib, 1 ta assist amalga oshirdi. Futbolchini tarbiyalagan “Bunyodkor” esa 1 million yevro daromad qiladi.
Sizda shikoyat, taklif yoki murojaat bormi? Bizga @demokratuz_aloqabot orqali murojaat qiling!