Jahon, Sport

Olimpiada chempioni medallaridan yong‘in sabab ayrildi

Olimpiada chempioni medallaridan yong‘in sabab ayrildi

Suzish bo‘yicha 5 karra Olimpiya o‘yinlari g‘olibi Garri Xoll-Junior Los-Anjelesdagi tabiiy ofat vaqtida o‘z uyidan va medallaridan ayrildi. Bu haqda CNN xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, to‘rt kundan buyon davom etayotgan Kaliforniya shtatining Los-Anjeles shahridagi yong‘in oqibatida 11 ming gektar maydon va 2 mingdan ortiq bino zarar ko‘rdi. Shu qatori suzuvchi Garri Xoll-Junior ham uyi yong‘inda qolib, anchagina moddiy zarar ko‘rdi. Uyi va medallari yonib kul bo‘ldi.

Ma’lumot o‘rnida, amerikalik suzuvchi Atlantadan Afinagacha bo‘lgan ketma-ket uchta Olimpiya o‘yinlarida oltin medallarni qo‘lga kiritgandi.