Ijtimoiy tarmoqlarda xonadonga ikkita hisoblagich oʻrnatilsa, maishiy isteʼmolchilar uchun belgilangan oylik 200 kilovatt soat hajmdagi ijtimoiy normani ikkiga boʻlib ishlatish mumkinligi haqida xabarlar tarqaldi. “Hududiy elektr tarmoqlari“ AJ tarmoqlarda tarqalgan xabarlarga munosabat bildirdi.
ASKUE tizimi
“Hududiy elektr tarmoqlari” AJ tomonidan ta’kidlanishicha, elektr energiyasini hisobga olish va nazorat qilishning avtomatlashtirilgan tizimi (ASKUE) yagona hisoblagich orqali ishlaydi. Iste’molchi tomonidan o‘rnatilgan qo‘shimcha hisoblagichlarning ma’lumotlari dasturga kiritilmaydi. Bu texnik imkoniyatlarning cheklanganligi bilan bog‘liq.
Mutasaddilar izohi
Sodda qilib tushuntirilganda, ikkita hisoblagichni bitta hisob raqam orqali foydalanishning texnik imkoniyati mavjud emas, — deyiladi xabarda.
Mazkur tizim mamlakat bo‘ylab yagona tartibda ishlaydi va har bir iste’molchiga faqat bitta hisoblagich uchun maxsus kod biriktiriladi. Shu sababli, ikki yoki undan ortiq hisoblagich orqali ijtimoiy normani bo‘lib ishlatish amalda mumkin
emas.
Sizda shikoyat, taklif yoki murojaat bormi? Bizga @demokratuz_aloqabot orqali murojaat qiling!