Jahon

Los-Anjelesda komendantlik soati joriy etildi

Los-Anjelesda komendantlik soati joriy etildi

Mahalliy hukumat yong‘in tufayli aholi tomonidan bo‘shatilgan Tinch okeanidagi Palifik-Paliseyds va Iton mahallalarida soat 18:00 dan ertalab 6:00 gacha komendantlik soati e’lon qildi, deb xabar beradi BBC.

Komendantlik soati bo‘sh turgan uylar, jumladan, qimmat uylar talon-taroj qilinishi mumkinligidan qo‘rqib, joriy qilingan.

“Talonchilik sodir bo‘lishi mumkin. Ayrimlar omon qolganlar talon-taroj qilish uchun yashaydigan hududlarga ketayotganining aniq belgilari bor”, – dedi Bayden.

Rasmiylarning ta’kidlashicha, talon-tarojning oldini olish uchun 210 polisiyachi Paliseyds va Itonga yuborilgan.

Avvalroq, Bayden Kaliforniyadagi o‘rmon yong‘inlari sababli favqulodda holat e’lon qilgan edi.