Rossiyaning Sankt-Peterburg shahridagi «Migroservis» korxonasiga ishga taklif etilmoqda. Bu ish Navoiy viloyatida yashovchi fuqarolar uchun katta imkoniyat bo‘lib, Migratsiya agentligi orqali hech qanday qo‘shimcha to‘lovsiz va ovoragarchiliksiz amalga oshiriladi. Ishga qabul qilish jarayoni oddiy va tezkor bo‘lib, barcha xarajatlarni ish beruvchi o‘z zimmasiga oladi.
Oylik maosh 80 000 dan 100 000 rublgacha
Ish joyida non mahsulotlarini qadoqlash va idishga joylashtirish vazifalari bajariladi. Ushbu lavozim bo‘yicha oylik maosh 80 000 dan 100 000 rublgacha belgilangan bo‘lib, qo‘shimcha mukofot puli ham mavjud. Ish kunlari 2 kun ishlash va 2 kun dam olish tartibida tashkil qilinadi. Har bir smenada ish vaqti 11 soatdan iborat.
Nimalar talab qilinadi?
Ishga qabul qilishda nomzodlardan rus tilini muloqot darajasida bilish, o‘rta maxsus ma’lumotga ega bo‘lish va 18–55 yosh oralig‘ida bo‘lish talab etiladi. Ish tajribasi esa zarur emas.
Ish beruvchi tomonidan qoplab beriladigan xarajatlar
Aeroportdan yashash joyiga yetkazib qo‘yish, yashash joyi bilan ta’minlash, patent rasmiylashtirish va oylik to‘lovlarni amalga oshirish, tibbiy sug‘urta, transport xarajatlari va boshqa zarur xizmatlar ish beruvchi tomonidan to‘liq qoplanadi. Shuningdek, daromad solig‘i ham ish beruvchi hisobidan to‘lanadi. Xodimning o‘z zimmasida aviachiptalar va patentning oylik to‘lovlari, shuningdek, shaxsiy ovqatlanish xarajatlari qoladi.
Suhbat 14-yanvardan 20-yanvargacha boʻladi
Suhbat 2025-yilning 14, 15, 17 va 20-yanvar kunlari Navoiy shahridagi «Ishga marhamat» monomarkazi hamda tuman Kambag‘allikni qisqartirish va bandlikka ko‘maklashish bo‘limlarida tashkil etiladi. Suhbatga xorijga chiqish pasporti bilan kelish talab qilinadi.
Sizda shikoyat, taklif yoki murojaat bormi? Bizga @demokratuz_aloqabot orqali murojaat qiling!