Ular aslida yetkazib berilmagan dori vositalari va tibbiyot buyumlarini qabul qilinganligi haqida soxta hujjatlarni tuzishgan.
Maʼlum boʻlishicha, Andijon shahar tibbiyot birlashmasi boshligʻi uyushgan guruh rahbari, birlashmaning bir qator mansabdor va moddiy javobgar shaxslari, “Gold Grown Pharma”, “Farm Family Biznes”, “Profarma vodiy savdo”, “Health Pharm Pharmacy”, “Epoch Pharma”, “Medico-Med Texnica” masʼuliyati cheklangan jamiyatlari hamda “Shifokor-82” oilaviy korxonasi rahbarlari hamda boshqalar bilan oldindan jinoiy til biriktirib, uyushgan guruhga birlashgan.Ular birlashma bilan xoʻjalik yurituvchi subʼektlar oʻrtasida tuzilgan shartnomalarga koʻra aslida yetkazib berilmagan dori vositalari va tibbiyot buyumlarini qabul qilinganligi haqida soxta hujjatlarni tuzishib, oʻzganing juda koʻp miqdordagi mulkini talon-toroj qilishgan.
Sudlanuvchi S.Yo Andijon shahar tibbiyot birlashmasi bosh hisobchisi vazifasida ishlagan. U uyushgan guruh manfaati uchun xizmat qilgan, natijada birgina vaziyatning oʻzida davlat byudjetining jami 428.377.000 soʻmlik juda koʻp miqdordagi mablagʻlarini oʻzlashtirish yoʻli bilan talon-toroj qilishga muvaffaq boʻlishgan.Bu Andijon shahar tibbiyot birlashmasi hamda “Gold Grown Pharma” MChJ oʻrtasidagi shartnoma doirasida amalga oshirilgan.
Andijon shahar tibbiyot birlashmasi hamda “SHIFOKOR-82” OK oʻrtasidagi shartnomasi boʻyicha esa davlat byudjetining jami 30.500.000 soʻmlik mablagʻlarini takroran oʻzlashtirish yoʻli bilan talon-toroj qilingan. Andijon shahar tibbiyot birlashmasi hamda “HEALTH PHARM PHARMACY” MChJ oʻrtasida shartnomada esa jami davlat byudjetining jami 181.334.100 soʻmlik juda koʻp miqdordagi mablagʻlarini takroran oʻzlashtirish yoʻli bilan talon-toroj qilingan.
Sudlanuvchi Yo.S. sud majlisida aybiga qisman iqror boʻlgan.
Yakuniy hukmga koʻra, sudlanuvchi JK 167-moddasi 3-qismining “a,v” bandlari, 209-moddasi 2-qismining “a,b” bandlarida nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etganlikda aybli deb topildi.Unga har oylik ish haqining 20 foizini davlat foydasiga ushlab qolgan holda 11 oy 6 kun axloq tuzatish ishlari jazosi va bazaviy hisoblash miqdorining 300 baravari miqdorida 102.000.000 (bir yuz ikki million) soʻm jarima jazosi tayinlandi.
Jinoyat tufayli yetkazilgan zararni qoplash uchun Andijon viloyat prokuraturasining “Ipoteka-bank” Andijon viloyat filiali depozit hisob raqamiga topshirilgan 869.154.000 soʻmdan 694.805.200 soʻm Moliya Vazirligining Yagona gʻazna hisobi raqamiga oʻtkazilishi belgilangan va depozit hisobidagi 174.948.000 soʻm pullar boshqa jinoyat ishi doirasida muhokama qilish uchun qoldirildi.
Sizda shikoyat, taklif yoki murojaat bormi? Bizga @demokratuz_aloqabot orqali murojaat qiling!