Jahon, Siyosat

Isroil va Hamas o‘rtasida otashkesim e’lon qilindi

Isroil va Hamas o‘rtasida otashkesim e’lon qilindi

AQSH saylangan prezidenti Donald Tramp Isroil va Hamas o‘rtasida oteshkesim kelishuviga erishilganini e’lon qildi. Qatarning vositachiligida erishilgan sulh 19-yanvardan kuchga kiradi. Biroq G‘azo sektorida oteshkesimga qaramay qurolli hujumlar davom etmoqda.

Falastin manbalariga ko‘ra, Isroil havo hujumlarida kamida 38 nafar falastinlik halok bo‘lgan, ularning orasida ayollar va bolalar bor. G‘azo shahridagi Shayx Ridvon mahallasida bir nechta binolar nishonga olingan.

Sulhga qaramay, qurolli to‘qnashuvlarning davom etishi xalqaro hamjamiyatda xavotir uyg‘otmoqda. Parij, London va Bayrut kabi shaharlarda oteshkesim quvonch bilan qarshi olingan bo‘lsa-da, G‘azoda tinchlikni ta’minlash uchun jiddiy choralar talab etilmoqda.

Otashkesim mahbuslar almashuvi va Isroil qo‘shinlarini G‘azo markazlaridan olib chiqishni nazarda tutadi. Kelishuv AQSH, Qatar va Misr kafolati ostida amalga oshiriladi.