Jamiyat

Maktablarda sotilishi taqiqlangan oziq-ovqat mahsulotlari ro‘yxati 

Maktablarda sotilishi taqiqlangan oziq-ovqat mahsulotlari ro‘yxati 

Sanepidqo‘mita umumta’lim muassasalarida ruxsat etilmaydigan oziq-ovqat mahsulotlari va taomlari ro‘yxatini e’lon qildi. Unga ko‘ra,

Go‘sht qo‘shilgan mahsulotlar:

·       Mayonez qo‘shilgan go‘shtli taomlar.

·       Sabzavotlar solingan va orasiga go‘sht qo‘shilgan non mahsulotlari (gamburger, chizburger, hot-doglar).

Kimyoviy qo‘shimchalar mavjud mahsulotlar:

·       Ta’mi yaxshilovchi moddalar, bo‘yoqlar, aromatizatorlar qo‘shilgan qandolat mahsulotlari.

·       Sun’iy konservantlar mavjud mahsulotlar.

Zararliligi isbotlangan mahsulotlar:

·       Chipslar.

·       Rangli va rangsiz gazlangan ichimliklar.

·       Yaroqlilik muddati tugagan yoki sifatsiz oziq-ovqat mahsulotlari.

·       Bir kun oldin tayyorlangan va qolib ketgan ovqatlar.

·       Eskirgan va sifati buzilgan sabzavotlar.

Veterinariya nazoratidan o‘tmagan mahsulotlar:

·       Go‘sht, baliq, parranda mahsulotlari (jigar, til va yurakdan tashqari barcha kalla-poychalar).

·       Ichak-chovog‘i tozalanmagan parranda mahsulotlari.

·       Tashqi ko‘rinishi toza bo‘lmagan, singan yoki noxush vaziyatda bo‘lgan xo‘jaliklardan olingan tuxumlar.

Buzilgan qadoqli mahsulotlar:

·       Germetikligi buzilgan, bombajli, zanglagan yoki shakli o‘zgargan bankalar.

·       Yorlig‘i yo‘q, ishlab chiqarish vaqti hamda yaroqlilik muddati ko‘rsatilmagan konservalar.

Zararli va ifloslangan mahsulotlar:

·       Turli aralashmalar bilan zararlangan yoki ombordagi zararkunandalar ta’siriga uchragan mahsulotlar.

·       Eskirgan un, quritilgan meva va boshqa mahsulotlar.

Uy sharoitida tayyorlangan mahsulotlar:

·       Xolodes (parranda va tuyoqli hayvonlarning oyoqlaridan tayyorlangan mahsulotlar).

·       Kalla go‘shti ruletlari, o‘pka, jigar va qondan tayyorlangan kolbasalar.

·       Uy sharoitida tayyorlangan barcha oziq-ovqat mahsulotlari.

Sut mahsulotlari:

·       Pasterizatsiya qilinmagan sut va sut mahsulotlari.

·       Termik ishlov berilmagan tvorog va qaymoq.

·       Kremli qandolat mahsulotlari va pishiriqlar.

Qayta ishlanmagan mahsulotlar:

·       Qo‘lbola qatiq.

·       Kvas.

Noxush xo‘jaliklardan olingan mahsulotlar:

Dastlabki ishlov berilmagan yoki pasterizatsiya qilinmagan sut va sut mahsulotlari.

Zararli ta’m qo‘shimchalari bilan mahsulotlar:

·       O‘tkir tamli souslar (ketchup), chipslar, mayonez, konserva mahsulotlari.

·       Marinadlangan sabzavot va mevalar.

Qo‘mita shu kabi 38 xir turdagi oziq-ovqat mahsulotlarini e’lon qilgan. Ma’lumot uchun, ro‘yxatdagi mahsulotlarni sotuviga yo‘l qo‘yish qonunchilik doirasida javobgarlikka sabab bo‘ladi.