Yangiliklar

2024-yilda 4 mingga yaqin mansabdorlarning qarori haqiqiy emas deb topildi

2024-yilda 4 mingga yaqin mansabdorlarning qarori haqiqiy emas deb topildi
Документы, необходимые для получения болгарского паспорта по происхождению

2024-yil davomida ma’muriy sudlar tomonidan davlat organlari va tashkilotlari, ularning mansabdor shaxslari qarorini haqiqiy emas deb topishga doir jami 6 991 ta ish koʻrilgan bo‘lib, ularning 3 184 tasi qanoatlantirilgan. Bu haqda Korrupsiyaga qarshi kurash agentligi maʼlumot berdi. 

Interaktiv xizmatlar portali

Qayd etilishicha, davlat rahbarining 2023-yil 27-noyabrdagi PF-200-son Farmoni (1-ilovasi 10-bandi)da Oliy sud tomonidan har chorak yakuni bilan keyingi oyning 15-sanasiga qadar sudlar tomonidan davlat organlari va tashkilotlari, ularning mansabdor shaxslarining noqonuniy chiqarilganligi uchun bekor qilingan qarorlari to‘g‘risidagi ma’lumotlarni rasmiy veb-saytida ochiq e’lon qilib borish vazifasi yuklatilgan.

Farmon ijrosini ta’minlash maqsadida Oliy sudning rasmiy veb-saytidagi interaktiv xizmatlar portali — my.sud.uzda bunday tartib yo‘lga qo‘yilgan.

Haqiqiy emas deb topilgan qarorlar

Tahlillarga ko’ra, 2024-yil davomida ma’muriy sudlar tomonidan davlat organlari va tashkilotlari, ularning mansabdor shaxslari qarorini haqiqiy emas deb topishga doir jami 6 991 ta ish koʻrilgan bo‘lib, ularning 3 184 tasi qanoatlantirilgan.

Shu jumladan, mahalliy hokimlik qarorlarining haqiqiy emas deb topilishga oid jami 2 720 ta ish koʻrilgan bo‘lib, shundan mahalliy davlat hokimiyati organlarining va ular mansabdor shaxslarining qonunchilikka mos kelmaydigan hamda fuqarolar yoki yuridik shaxslarning huquqlari va qonun bilan qo‘riqlanadigan manfaatlarini buzadigan jami 933 ta qarori bekor qilingan.