Jahon, Siyosat

Golan tepaligida BMT kuchlari joylashishiga Suriya rozi

Golan tepaligida BMT kuchlari joylashishiga Suriya rozi
Hukumat BMT tinchlikparvar kuchlarini Isroil bilan chegaradosh Golan tepaligida joylashishiga rozi, dedi Suriyaning yangi ma’muriyati rahbari Ahmad Al-Shara’ Damashqda Qatar delegasiyasi bilan muzokara chog‘ida.

– Vaziyat Isroil oldinga siljishidan avvalgi holatga qaytishi uchun biz BMT kuchlarini bufer zonada qabul qilishga tayyormiz, – deya Al-Jazira telekanali uning so‘zlaridan iqtibos keltirgan. – Isroil “Eron kuchlari bor” degan bahona bilan bu hududga chuqur kirib keldi. Damashq ozod etilgandan keyin, endi bu sabab yo‘q.