Rossiya Adliya vazirligi «xorijiy agentlar» ro‘yxatiga olti kishini, jumladan, BBC rus xizmatining ikki jurnalisti – muharrir Anastasiya Lotareva va muxbir Andrey Kozenkoni kiritdi.
Rossiya vazirligi bu yil ilk bor «xorijiy agentlar» ro‘yxatini kengaytirdi. Unga BBC ning ikki jurnalistidan tashqari, iqtisodiy ekspert Aleksandra Prokopenko, jurnalistlar Kseniya Kiriya (Turkova) va Irina Romaliyskaya, shuningdek, Samara shahridan jamoat arbobi Anton Rubin ham kiritildi.
Bundan tashqari, ro‘yxatga armiyaga chaqirilishdan va Ukrainadagi urushdan qochmoqchi bo‘lganlar uchun tashkil etilgan «O‘rmonga boring» nomli inson huquqlari loyihasi ham qo‘shildi.
2024 yil 12 aprelda Rossiya Adliya vazirligi BBC rus xizmati jurnalisti Ilya Barabanovni «xorijiy agentlar» ro‘yxatiga kiritdi. BBC bu qarorga qat’iyan qarshi chiqmoqda va uni sudda rad etishni davom ettirmoqda.
Rossiya idorasi ta’kidlashicha, Anastasiya Lotareva Rossiya Federasiyasi davlat hokimiyati organlari tomonidan qabul qilinayotgan qarorlar va olib borilayotgan siyosat haqida noto‘g‘ri ma’lumotlarni, shuningdek, Rossiya Federasiyasi Qurolli Kuchlarining salbiy obrazini shakllantirishga qaratilgan yolg‘on ma’lumotlarni tarqatgan.
Matbuot xabarida aytilishicha, BBC jurnalisti Ukrainadagi urushga qarshi chiqkan (Rossiya hokimiyati buni «maxsus harbiy operasiya» deb ataydi) va «chet el agentlari» materiallarini tarqatishda ishtirok etgan.
Anastasiya Lotareva so‘nggi yillarda Ukrainadagi urush va «Vagner» xususiy harbiy kompaniyasi bilan bog‘liq mavzular ustida ko‘p ishlamoqda. BBC’ga kelishidan oldin u «Takiye dela» portalining bosh muharriri bo‘lgan.
Rossiya Adliya vazirligi Andrey Kozenkoga ham «chet el agentlari» materiallarini tarqatishni aybini qo‘ygan. Matbuot xabarida aytilishicha, u ham Ukrainadagi urushga qarshi chiqqan va yana Rossiya Federasiyasi saylov tizimi haqida noto‘g‘ri ma’lumotlarni tarqatgan.
Sizda shikoyat, taklif yoki murojaat bormi? Bizga @demokratuz_aloqabot orqali murojaat qiling!