U mazkur tashkilot (2022 yilgacha Statistika qoʻmitasi)ni salkam sakkiz yildan buyon boshqarib kelayotgandi.
Bahodir Begalov 1968-yilda Toshkent viloyatining Bekobod shahrida tugʻilgan. Oliy iqtisodiy maʼlumotga ega. 1992-yilda Moskva iqtisod-statistika institutini bitirgan.
1992—2012-yillarda Toshkent davlat iqtisodiyot universitetida 3-kategoriya muhandisi, katta oʻqituvchi, dotsent, oʻquv ishlari boʻyicha dekan muovini, dekan, prorektor lavozimlarida ishlagan.
2012-2016 yillarda Statistika qoʻmitasi raisi oʻrinbosari, soʻngra Moliya instituti rektori etib tayinlandi.
Statistika qoʻmitasini 2017 yildan buyon boshqarib kelayotgandi. Mazkur tashkilot 2022 yilda Statistika agentligiga aylantirildi.
Sizda shikoyat, taklif yoki murojaat bormi? Bizga @demokratuz_aloqabot orqali murojaat qiling!