Tages-Anzeiger axborotiga ko‘ra, Shveysariyaning Iqtisodiy masalalar bo‘yicha davlat kotibiyati o‘zbekistonlik tadbirkor Alisher Usmonovning sobiq trastlari aktivlarining 6,5 million yevrodan ortig‘i blokdan chiqarilgan.
Yengillik berilishi sababi nimada?
Davlat kotibiyati vakolatlar doirasida Credit Suisse hisob varaqlaridan Usmonovning Buyuk Britaniyadagi ko‘chmas mulkini saqlash uchun taxminan 4,2 million yevro, shuningdek, vertolyotlarga xizmat ko‘rsatish uchun deyarli 2,4 million yevro miqdorida to‘lovni tasdiqladi. Xabarda ta’kidlanganishicha, Usmonovning kompaniyasi tegishli so‘rovlarni 2022-yilda taqdim etgan. Ular Fransiyadagi Le Castle aerodromida joylashgan ikkita vertolyot va Britaniya mulki – Surreydagi Sutton Place mulkiga texnik xizmat ko‘rsatish uchun to‘lovlarni to‘lash bilan bog‘liq. Ushbu hisob-fakturalar tadbirkorga nisbatan sanksiyalar qo‘llanilgunga qadar tuzilgan shartnomalar asosida berilgan.
Usmonov vakillari va Shveysariya rasmiylarining iddaolari
Usmonov vakillarining ta’kidlashicha, vertolyotlar bo‘yicha mahalliy firma ulardan birini musodara qilish bo‘yicha sud ishlarini boshlagan. Sutton Pleys ishi bo‘yicha ularning xizmatlari ucuhn o‘z vaqtida to‘lanmagan bo‘lsa, bir nechta qurilish kompaniyalari bankrot bo‘lish xavfi ostida bo‘lgan. Shveysariya rasmiylariga ko‘ra, Usmonov Rossiya prezidenti Vladimir Putin bilan “yaqin munosabatlarga ega” va uning Ukrainaga nisbatan siyosatini “faol qo‘llab-quvvatlaydi”, deb yozadi gazeta. Usmonovning advokati da’voni «siyosiy sabab» deya rad etadi.
Ma’lumot uchun, Alisher Usmonov Rossiyaning Ukrainaga bosiqini boshlanganidan ko‘p o‘tmay Shveysariya va Yevropa Ittifoqining sanksiyalar ro‘yxatiga qo‘shiladi. 2023-yilda Germaniya politsiyasi va bojxona xodimlari Usmonovga aloqador bo‘lgan uy-joylarda bir qator tintuvlar o‘tkazadi.
Sizda shikoyat, taklif yoki murojaat bormi? Bizga @demokratuz_aloqabot orqali murojaat qiling!