Jamiyat

FVV markaziga yangi rahbar tayinlandi

FVV markaziga yangi rahbar tayinlandi

Abdurazzoq Abduholiqov Favqulodda vaziyatlar vazirligi Maxsus vazifalar bo‘yicha respublika qutqaruv markaziga rahbar etib tayinlandi. 

Qayd etilishicha, ilgari mazkur lavozimni egallab turgan Ismoil Sharipov “Navoiy kon-metallurgiya kombinati” AJ va “Navoiyuran” DK  yong‘in xavfsizligini tashkil etish markaziga o‘tkazilgan. Tayinlovgacha Abdurazzoq Abduholiqov Buxoro viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi rahbari lavozimida ishlab kelgan. U 2018-yil Toshkent viloyati Ichki ishlar boshqarmasi Yong‘in xavfsizligi boshqarmasida rahbar bo‘lgan.

Buxoro viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi rahbari lavozimiga esa ilgari FVV Boshlang‘ich tayyorgarlik va malaka oshirish markazi boshlig‘i lavozimida ishlab kelgan Shukrullo Ayubov tayinlangan.