13-17-yanvar kunlari Qozog‘istonning Ostona shahrida matematika, fizika va informatika fanlaridan bo‘lib o‘tgan Jautikov Olimpiadasida hamyurtlarimiz 19 medalni qo‘lga kiritgan.
Dunyoning 20 mamlakatidan 700 ga yaqin o‘quvchi ishtirok etgan ushbu olimpiadada O‘zbekiston terma jamoasi katta muvaffaqiyatga erishgan.
Qayd etilishicha, o‘zbek yoshlari 2 ta oltin, 5 ta kumush, 12 ta bronza – jami 19 medalni qo‘lga kiritgan.
Xususan, matematika fanidan “Artel Technical School” nodavlat ta’lim muassasasining 11-sinf o‘quvchisi Asadbek Boboqulov hamda Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabning 10-sinf o‘quvchisi Elbek Zohidjonov oltin medalga sazovor bo‘lgan.
O‘tgan yili esa shu olimpiadada 14 ta medal o‘zbekistonliklar hisobiga qayd etilgan edi.
Sizda shikoyat, taklif yoki murojaat bormi? Bizga @demokratuz_aloqabot orqali murojaat qiling!