Migratsiya agentligi, Germaniyaning SBH West GmbH hamda “Vatanparvar” tashkilotlari o‘rtasida uch tomonlama hamkorlik memorandumi imzolandi.
Ikki davlat migratsiya sohasida ilk bor amaliyotga tatbiq etilayotgan bu kelishuv natijasida 700 nafar hamyurtimiz yuk mashinalari, avtobus va lokomotiv haydovchisi sifatida O‘zbekiston hududida nemis tiliga o‘qitilib, “Vatanparvar” tashkilotida kasbiy qayta tayyorlov kurslarida malaka oshiradi va Germaniyaga to‘g‘ridan to‘g‘ri ishga yuboriladi. Oylik maoshlari oyiga 2400 – 2600 € tashkil qiladi.
Murojaat uchun: 1282, 71 202-33-55 (10/17).
Eslatib o‘tamiz, avvalroq nemislar O‘zbekiston fuqarolarini Germaniyaga ishga taklif qilishayotgani haqida xabar bergan edik.
Sizda shikoyat, taklif yoki murojaat bormi? Bizga @demokratuz_aloqabot orqali murojaat qiling!