Jamiyat, O‘zbekiston

Markaziy Osiyo davlatlarida jurnalistlarga tazyiq ko’pmi?

Markaziy Osiyo davlatlarida jurnalistlarga tazyiq ko’pmi?

Human Rights Watch tashkiloti 2024-yilgi yillik hisobotida Markaziy Osiyo mamlakatlarida so‘z, yig‘ilish va uyushmalar erkinligining buzilishi, shuningdek, hukumat tomonidan muxolifat faollari va jurnalistlarga nisbatan ta’qiblar qayd etilganini ma’lum qildi.

Qozog‘iston, Qirg‘iziston va Tojikiston

Tashkilotning qayd etishicha, Qozog‘istonda rasmiylar ekstremizmga qarshi qonunlarni suiiste’mol qilish orqali tanqidni bostiradi va inson huquqlari buzilishi bo‘yicha yetarlicha tekshiruv o‘tkazmaydi. Shuningdek, Qirg‘izistonda jurnalistlar va faollar qo‘rqitish, chet el agentlari haqida repressiv qonun qabul qilinishi kuzatilgan. Bundan tashqari, Tojikistonda ham muxolifatga qarshi tazyiqlar kuchaygan, muxolifat arboblari va jurnalistlar hibsga olingan, so‘z erkinligi va diniy libos kiyish cheklovlari kuzatilgan.

Turkmaniston va O‘zbekiston

Turkmanistonda so‘z erkinligi, harakatlanish va boshqa huquqlarga nisbatan qattiq cheklovlar saqlanib qolmoqda va mamlakat dissidentlarni ta’qib qilishda davom etmoqda. O‘zbekistonda esa o‘tgan yilda inson huquqlari faoliyatiga qarshi tazyiq kuchaygan, qiynoqlar va shafqatsiz muomalalar davom ettirilgan, shuningdek diniy erkinliklarni cheklash va LGBT vakillarini ta’qib qilish hamon davom etayotgani qayd etiladi.

Umumiy muammolar

HRW hisobotida barcha mamlakatlar ayollar va bolalar huquqlari, shuningdek, ommaviy axborot vositalari erkinligi cheklovlari bilan bog‘liq muammolarga duch kelayotgani yoziladi. Shuningdek, unda O‘zbekistonda paxtachilik sohasida ham majburiy mehnat xavfi saqlanib qolayotgani ta’kidlanadi. Bundan tashqari, ayrim davlatlar bosim o‘tkazish va o‘z siyosiy va iqtisodiy manfaatlarini ilgari surish maqsadida Markaziy Osiyoda inson huquqlari masalasini siyosiylashtirayotgani hamda imkoniyat paydo bo‘lganda esa bu masalani manipulyatsiya qilishga kirishilishi ham qayd etiladi.