Jamiyat

Reklama qonunchiligini buzgani uchun Ucell jarimaga tortildi

Reklama qonunchiligini buzgani uchun Ucell jarimaga tortildi

Raqobat qo‘mitasi tomonidan olib borilgan monitoringlarda “COSCOM” MCHJ (Ucell) tomonidan ommaviy axborot vositalarida joylashtirilgan reklamalarda bo‘rttiruvchi ma’no ifodalanganlik holatlari aniqlandi.

Yuqoridagilarga ko‘ra, Qo‘mita Maxsus komissiyasi tomonidan “COSCOM” MCHJga nisbatan “Reklama to‘g‘risida”gi Qonun talablari buzilishi alomatlari bilan ish qo‘zg‘atilib, natijasi yuzasidan moliyaviy jarima qo‘llash xaqida qaror qabul qilindi.

Shuningdek, qonunbuzilish holatini bartaraf etish va kelgusida yo‘l qo‘ymaslik yuzasidan ko‘rsatma berildi