Rossiyaning VTB banki rahbari Andrey Kostin SWIFT hisob-kitob tizimini «yo‘q qilish», ya’ni undan voz kechish va u bilan hamkorlik qilmaslikka da’vat etdi.
U bu haqda VGTRK jurnalisti Pavel Zarubinga ma’lum qildi.
«SWIFT tizimini, so‘zning ijobiy ma’nosida, shunchaki yo‘q qilish, undan voz kechish va u bilan boshqa ishlamaslik kerak – bu dushmanlarimizga to‘g‘ridan-to‘g‘ri axborot oqishidir, – dedi Kostin. – Eng muhimi, buni hal qilish juda oson – bu ikki tomonning kelishuvi va bir necha texnologik yechimlardan iborat, xolos.»
Sizda shikoyat, taklif yoki murojaat bormi? Bizga @demokratuz_aloqabot orqali murojaat qiling!