Jahon, Jamiyat, Sport

Abduqodir Husanov rasman «Manchester Siti»ga o’tdi

Abduqodir Husanov rasman «Manchester Siti»ga o’tdi

U Angliya chempionatida toʻp suradigan birinchi oʻzbekistonlikka aylanadi. 

Abduqodir Husanov rasman "Manchester Siti" oʻyinchisi sifatida tanishtirildi

Oʻzbekiston terma jamoasi himoyachisi Abduqodir Husanov rasman Angliyaning «Manchester Siti» klubi oʻyinchisiga aylandi.

Kelishuv 2029-yilgacha amal qiladi.

Avvalroq Manchester klubi 20 yoshli futbolchi uchun «Lans» ga 40 mln yevro toʻlashi xabar qilingandi. Bu qiymat bonuslar hisobiga yana ortishi mumkin.

Abduqodir Husanov Angliya Premer-ligasida oʻynaydigan birinchi oʻzbek futbolchisiga aylandi.

Shuningdek, Abduqodir oʻzbek oʻyinchilari orasida eng qimmat transfer boʻldi. Shu paytgacha Eldor Shomurodov eng qimmat oʻzbek futbolchisi boʻlib kelayotgandi.