“Instagram” rahbari Adam Mosseri 2025-yil 18-yanvarda o‘zgarishlar haqida ma’lum qildi.
Instagramda Reels vaqti 3 daqiqagacha yetkazildi
“The Verge” nashrining yozishicha, yangi limit 2022-yil yozidan beri ijtimoiy tarmoqda amal qilayotgan 90 soniyalik chegaradan ikki barobar ko‘p bo‘ladi.
Mosserining aytishicha, foydalanuvchilarning iltimosiga ko‘ra cheklov o‘zgartirilgan, chunki ular 90 soniya “juda qisqa vaqt” ekanligini ta’kidlashgan.
Nashrning ta’kidlashicha, “Instagram” “TikTok”ning AQShda taqiqlanishi fonida Reels’dagi maksimal video vaqtini oshirdi.
TikTok bloklanishi
18-yanvar, shanba kuni AQSH Oliy sudi TikTok’ni sotishni yoki ilovani mamlakatda butunlay taqiqlashni talab qiluvchi qonunni ma’qullagandi. Bunday qaror milliy xavfsizlik va TikTok’ning Xitoy hukumati bilan taxminiy aloqalari bilan bog‘liq xavotirlar tufayli qabul qilindi.
AQSH TikTok yakshanbaga o‘tar kechasi ishlamay qoldi, uning ilovasi App Store’dan ham yo‘qoldi. Amerikalik foydalanuvchilar TikTok servisiga egalik qiluvchi Xitoyning ByteDance kompaniyasi bilan bog‘liq CapCut, Lemon8, Gauth va Hypic ilovalari ham ishlamay qolganini aytmoqda.
Xitoy TikTok’ni Ilon Maskka sotishi mumkin
Shuningdek, Bloomberg nashri Xitoy rasmiylari TikTok AQSHda taqiqlangan taqdirda ilovani milliarder Ilon Maskka sotish imkoniyatini ko‘rib chiqzyotgani haqida yozgan edi.
Bunday kelishuv X’ga (sobiq Twitter) reklama beruvchilarni jalb qilish imkonini beradi. TikTok ulkan hajmdagi ma’lumotlarni ishlab chiqargani sababli sun’iy intellektni rivojlantirish bo‘yicha xAI startapi uchun foydali bo‘ladi. Platformadan AQSHda foydalanuvchilar soni 170 milliondan oshadi. Potensial savdo Xitoy uchun ham “ma’lum jozibadorlikka ega”.
Xitoy rasmiylari bunday ssenariyni AQSH Oliy sudi mamlakatda TikTok’ni taqiqlash to‘g‘risidagi qonunni qo‘llab-quvvatlashi mumkinligidan so‘ng boshladi. Pekin uchun platforma bundan keyin ham ByteDance bosh kompaniyasiga tegishli bo‘lib qolishi afzalroq variant bo‘ladi.
Youtube Rossiya qidiruv tizimidan olib tashlandi
YouTube videoxostingi Rossiya qidiruv tizimlarining qidiruv distribyutsiyasida endi paydo bo‘lmaydi, deb yozadi “Davlat xaridlari vaqti” Telegram kanali sohadagi manbaga tayanib.
Kanal maʼlumotlariga koʻra, Rossiya Federatsiyasidagi foydalanuvchilarga videolarni faqat Rossiya platformalarida koʻrish taklif etilmoqda. Raqamli rivojlanish vazirligi va Roskomnadzor hozircha bu ma’lumotga izoh bermagan.
“YouTube Rossiya qidiruv tizimining taassurotlaridan butunlay yo‘qoladi. Foydalanuvchilarga videolarni faqat mahalliy platformalarda ko‘rish taklif etiladi”, — dedi manba.
Sizda shikoyat, taklif yoki murojaat bormi? Bizga @demokratuz_aloqabot orqali murojaat qiling!